
Uskunalar.uz ning mahsulotlar katalogi 2026-yildagi jahonning eng innovatsion texnika-texnologiyalari bo'yicha ma'lumotlar bilan doimiy ravishda boyitib borilmoqda. Biz bilan vaqtingiz va naqdingizni tejang!
Toshkent shahri, Sirg'ali tumani, Katta olmos 1-tor ko'chasi 9a uy.
Copyright © 2005 - 2026 Uskunalar.uz Group LLC. All rights reserved






Ishlab chiqarilgan mamlakat: Xitoy
Ushbu US-HX-3015-1500W modeldagi optik lazerli metall kesish uskunasi metallni qayta ishlash uchun kuchli va ishonchli vosita hisoblanadi. Uskunaning ko'rinishi oddiy ishonchli, samarali hamda kam shovqinli ish jarayoniga, integratsiyalashgan dizaynga ega bo'lib, uning tarkibiy qismlari yuqori sifatga ega. Ushbu uskuna zanglamaydigan po'lat, alyuminiy plastinka, karbonli po'lat, qotishma po'lat, kremniy po'lat, galvanizli plastinka va boshqa metall plitalarni kesish imkoniyatiga ega. Bu uskuna quvvati 35 KW bo'lib, 220 V ± 5 % kuchlanishda ishlaydi. Uskunadagi metallga ishlov berish maydoni 3000 x 1500 mm bo'lib, maksimal kesish qalinligi 16 mm hisoblanadi. Uskunaning havo bosimi esa 1.2 Mpani tashkil etadi. Uskuna HD boshqaruv kompyuteri, Au3tech professional boshqaruv tizimi, qulay va moslashuvchan masofadan boshqarish pulti, transmissiya va drayv tizimi, Reci 1500W optik tolali lazer, CWFL-1500 chiller hamda avtomatik moy quyish tizimidan tashkil topgan. Uskuna avtomatik fokusli Au3tech lazerli kesish boshi bilan jihozlangan. Bu uskuna 12 mm gacha qora temir, metallni kesadi, shuningdek, 3 mm gacha nerjaveykani kesish imkoniyatiga ega.
Yetkazib berish 1-2 kunda amalga oshiriladi
Uskunalar.uz ombori
Uskuna omborda mavjud! Buyurtma bering, tez va muammosiz yetkazib beramiz.
Malakali texnolog xizmatlari bilan
Uskunani o'rnatish va ishga tushirish xizmati mavjud
Sizga qulay to'lov usulda
Naqd pulda, karta yoki pul ko'chirish orqali
Mablag'ingiz yetmayabdimi?
Uskunani bugun oling, daromadingiz bilan to‘lang!
$000
Buyurtma orqali
ID: 1048